Kompaniya haqida

“BETOMAX BETON” MChJ 1952 yilda «Temir-beton mahsulotlari zavodi №2” sifatida shakllangan va O‘zbekistonda xalq xo‘jaligi uchun yig‘ma temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqara boshlagan. 2015 yilda rebrending tashkil qilingan va kompaniyaning nomi BETOMAXga o‘zgartirilgan.

Bizning korxona O‘zbekiston Respublikasi Davlatqurilish(Gosstroy)i tasdiqlagan, amaldagi GOSTga binoan Rossiya, Ukraina, Gruziya va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqilgan tipik loyihalar asosidagi yig‘ma—temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

“BETOMAX BETON”MChJ faoliyatining maqsadi — o‘zining mijozlariga turli tipdagi bino va inshootlarning qurilishi uchun ishlatiladigan yig‘ma—temir-betonni qo‘llashga asoslangan eng mos keluvchi va optimal yechimlarni tavsiya qilish, qurilishdagi metallning, uning tannarhini va unga ketadigan mehnatni, bino va inshootlar og‘irligini kamaytirish, ularni bunyod qilish va foydalanishdagi summar energetik sarf-harajatlarni pasaytirishni ta’minlashdan iborat.

Yevropaning eng zamonaviy va yuqori texnologiyali sifatli uskunalarini ishlatish tufayli bizning mahsulotlarimizga nafaqat mamlakatimiz ichida, balki uning tashqarisida ham talab katta. Temir-beton mahsulotlari va konstruksiyalar ishlab chiqarishdagi texnologiyalarni energiya va manbalarni tejashning yangi, yanada mukammal texnologik jarayonlarini keng joriy etish yo‘li bilan tubdan yaxshilanganligi, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega avtomatlashtirilgan uskunalar, nazorat tizimi hamda tayyor mahsulot sifatini boshqarishning takomillashtirilganligi “BETOMAX BETON”MChJ korxonasining zamon bilan hamnafas qadam tashlashiga, shu bilan birga kelajakka ham katta umidlar bilan qarash imkonini bermoqda.

Avtopark

Yig‘ma mahsulotlar va beton tovarini yetkazib berishning qulay bo‘lishi uchun biz maxsus texnikaning quyidagi turlarini tavsiya qilamiz:

– HOWO “SINOTRUCK” mikseri, yuk ko‘tarish quvvati 25 tn (10 m3)

– HOWO “SINOTRUCK” tyagachi, yuk ko‘tarish quvvati 60 tn

– SHACMAN MAN F2000 SX3314DR406 tyagachi, yuk ko‘tarish quvvati 40 tn, 25 m3

– Foton samosvali, yuk ko‘tarish quvvati 25 tn, 18 m3

– Kamaz 6540 KS557291 avtokrani, yuk ko‘tarish quvvati 32 tn

– KCP 48 markasidagi betononasos, MAN tyagachi bazasida, tumshug‘i(strelasi)ning uzunligi – 48 m.

Avtotransport xizmatlarini buyurtma qilish uchun + 998 71 207 88 88 raqamiga qo’ng’iroq qiling

Laboratoriya

“BETOMAX BETON”MChJning qo‘l ostida ro‘yhatdan o‘tkazilgan tadqiqodlar laboratoriyasi mavjud. Uning yordamida biz mahsulotni qabul qilish-topshirish tadqiqotlarini o‘tkazamiz, so‘ngra menejment tizimining xalqaro standartlar sifati bo‘yicha sertifikati yozib beriladi.